Kun tartibiga Vobkent tumanida 2026-yilda melioratsiya obyektlarini tizimli taʼmirlash-tiklash boʻyicha amalga oshiriladigan ustuvor loyihalar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masala atroflicha muhokama qilindi.
Masala yuzasidan tuman melioratsiya boʻlimi vakillarining axborotlari tinglandi. Yigʻilishda doimiy komissiya aʼzolari B.Boboqulov, J.Gaparov, M.Nurmuxamedovalar tomonidan kun tartibidagi masalalar borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflar bildirildi.
Yigʻilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.