Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Navbatdagi yigirma birinchi sessiya chaqirilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi deputati F.Dexkonova
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi deputati M.Kazakova
янв.21
Yig'ilish davomida 2025-yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlar tahlili va tumandagi korxona va tashkilotlarda murojaatlar bilan ishlash ahvoli muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta'minlash va huquqiy masalalar bo'yicha doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi deputati N.Ochilova tashabbusi bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati hamda uning amaliy ahamiyatiga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi deputati L. DJamalova
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi deputati O‘.Omonov
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
KUCHLI PARLAMENT VA JAMOATCHILIK ISHTIROKINI KENGAYTIRISH USTUVOR VAZIFA

#munosabat

KUCHLI PARLAMENT VA JAMOATCHILIK ISHTIROKINI KENGAYTIRISH USTUVOR VAZIFA

26 dekabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llangan Murojaatnoma yurtdoshlarimizni yangi marralar, ulug‘ maqsadlar sari ruhlantirgani shubhasiz. Negaki, mamlakatimiz taraqqiyotini va uning yorqin istiqbolini belgilab beruvchi bu muhim dasturilamal hujjatda davlat boshqaruvini isloh qilish, ochiqlik va hisobdorlikni kuchaytirish, fuqarolarning qaror qabul qilish jarayonlardagi ishtirokini kengaytirish hamda islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha muhim vazifalar yaqqol aks etdi.

Masalan, Murojaatnomada ilgari surilgan davlat kafolati ostida jalb etiladigan tashqi mablag‘larni parlament tasdig‘idan o‘tkazish tashabbusi haqida qisqacha fikr bildiradigan bo‘lsak, bu amaliyot davlat qarzi va byudjet intizomi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytiradi, qarorlarni tegishli mezonlar asosida qabul qilish imkonini beradi.

Davlat xaridlarida shaffoflikni oshirish uchun Davlat xaridlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida xarid qilish holatlarini faqat qonun bilan belgilash masalasi esa korrupsiya xavflarini kamaytirishga qaratilgan prinsipial yondashuv bo‘lib, parlamentning qoidalarni belgilash va ijrosini nazorat qilish vakolatlarini mustahkamlaydi.

Shuningdek, deputat so‘rovlarini ta’sirchan huquqiy vositaga aylantirish bo‘yicha yo‘lga qo‘yiladigan yangi tartib, ya’ni Deputat so‘rovlari ijrosini har chorakda tahlil qilish va sustkashlik holatlari bo‘yicha prokuratura organlariga taqdimnoma kiritish amaliyoti ijro intizomini yanada kuchaytirib, “deputat -xalq ovozi” tamoyilini amalda ta’minlaydi.

Hokim va Kengash raisi vakolatlarini tuman va shahar darajasigacha ajratish mahalliy Kengashlarning mustaqilligi va ta’sirchanligini oshiradi, hududiy byudjet hamda ijtimoiy dasturlar ustidan prinsipial deputatlik nazoratini ta’minlash uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Siyosiy partiyalar va deputatlik guruhlari oldiga ham Murojaatnomada aniq vazifalar qo‘yildi. Raqobatni tanqid bilan cheklamasdan, amaliy taklif berish, muqobil yechim tayyorlash va qarorlar ijrosini doimiy nazorat qilish orqali jamiyatda “hisobdor davlat” tamoyilini mustahkamlash zarurligi alohida ta’kidlandi.

Raqamlashtirish va jamoatchilik ishtirokini kengaytirish uchun Yagona elektron platformalarni yangilash, ma’lumotlar almashinuvini tizimlashtirish va inson omilini qisqartirishga qaratilgan tashabbuslar esa qonunchilik, parlament eshituvlari hamda qo‘mita nazoratini uyg‘unlashtiradi. Provardida dalilga asoslangan nazorat, natija ko‘rsatkichlari orqali tahlil va fuqarolar murojaatlarini tizimli hal etish imkoni kengayadi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Murojaatnoma mamlakatimizda demokratiyani mazmunan boyitish, Yangi O‘zbekistonni barpo etishning yangi yo‘l xaritasi sifatida xizmat qiladi.

Akbar Axtamov,

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Samarqand viloyat Kengashi raisi, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati.

✈️

 @sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 1