Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi kotibiyat mudiri Davronbek Raxmatullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Umidjon Shopotixov tomonidan hududdagi 191-sonli umumta’lim maktabida xorijiy tillarni o‘qitish jarayonlari joyiga chiqib kuzatildi. O‘rganish jarayonida dars mashg‘ulotlarining tashkil etilishi, o‘quvchilarning xorijiy tillarni o‘zlashtirish darajasi, zamonaviy o‘qitish metodlaridan foydalanish holati hamda o‘quv-uslubiy ta’minot masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, maktab rahbariyati va xorijiy til o‘qituvchilari bilan suhbatlar o‘tkazilib, mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari hamda ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar muhokama qilindi. Dars jarayonlarida interfaol usullar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish holati ham ko‘zdan kechirildi.
️O‘rganish yakunida xorijiy tillarni o‘qitish samaradorligini oshirish hamda o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga takliflar kiritilishi belgilandi.