Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi, 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputat M.Kazakova tomonidan biriktirilgan tashkilot xodimi hamda ijtimoiy xodim ishtirokida Birlashuv mahallasida o‘rganish olib borildi.
янв.21
Djamolova Lola Djalilovnaning deputatlik so‘roviga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaz direktori A.Tamiqayevdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh. Mirzaqulov tomonidan Oqqo‘rg‘on mahallasi soliq inspektori faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B. Shakarov tomonidan Gallakor hududidagi Kultusin va Nakurt mahallalarida pistachilikni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq, tuman Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N. Ochilova bilan birgalikda Go‘zal mahallasida ko‘p qavatli uylar oldidagi obodonlashtirish ishlari deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov tomonidan hududdagi umumta’lim maktabida 2026–2027-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul jarayonlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan Yangihayot mahallasida nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi, sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati X. Raxmonova tomonidan To‘polos mahallasidagi oilaviy poliklinika faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh. Mirzaqulov tomonidan Sorisuv mahallasi profilaktika inspektorining xizmat faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan Toxirshayx mahallasida xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda ularning murojaatlari bilan ishlash holati joyiga chiqib o‘rganildi.
Saylovchi murojaati – amaliy yechimda

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Muzaffarjon Raimdjanov Bahrin mahallasida saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida aholi tomonidan bildirilgan muhim murojaatlarni doimiy nazoratga olib kelmoqda.

Jumladan, Bahrin mahallasi Zavqiy ko‘chasiga kanalizatsiya tizimini o‘tkazish yuzasidan tushgan murojaat deputat tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganishlar natijasida masalaga ijobiy yechim topilib, deputat tashabbusi bilan bugungi kunda ushbu ko‘chada kanalizatsiya quvurlarini o‘tkazish ishlari boshlab yuborildi.

Mazkur ishlar aholi turmush sharoitini yaxshilash, sanitariya holatini yanada mustahkamlash hamda infratuzilmani rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Saylovchi bilan muloqot — muammo va yechim o‘rtasidagi ko‘prikdir.

Slide 1 of 5