Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kazakova Muxabbat Kaxarovnaning deputatlik so‘roviga tuman hokimining o‘rinbosari Quvatov Ulug'bekdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati, Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi o‘rinbosari Z. Turdiyev tomonidan Yangiobod mahallasidagi Yakkasaroy MMTP hududida joylashgan fermer xo‘jaliklariga faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzaqulov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Sh.Mamayusupov tomonidan Mustaqillik mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzaqulov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Sh.Mamayusupov tomonidan Mustaqillik mahallasida elektr ta’minoti holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunov hamda tuman Kengashi deputati M. Musurmonov tomonidan Birlashuv mahallasida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan Mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi mablag‘larining sarflanish holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq, tuman Kengashining 3-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputati M. Musurmanov bilan Guliston mahallasida hokim yordamchisining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish xamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 3-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputati M.Musurmanov tomonidan Birlashuv mahallasida obodonlashtirish ishlari, xususan, ko‘cha chetlarida to‘planib qolgan tuproq uyumlarini olib tashlash va hududning sanitariya holatini yaxshilash masalalari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–562) ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq, tuman Kengashining 3-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputati M. Musurmanov bilan birgalikda Birlashuv mahallasida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 3-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputati M. Musurmanov tomonidan Guliston mahallasida joylashgan 44-sonli umumta’lim maktabida "Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Milliy armiya – ona Vatan qalqoni, tinchligimiz posboni!

Milliy armiya – ona Vatan qalqoni, tinchligimiz posboni!

Vatanparvarlik oyligi va yoshlar oldidagi muhim vazifalar

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan respublikamiz bo‘ylab “Milliy armiya – ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” shiori ostida 2025-yil 15-dekabrdan 2026-yil 15-yanvargacha “Vatanparvarlik oyligi”ga start berildi. Mazkur muhim tashabbus jamiyatda, ayniqsa yoshlar ongida Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va fuqarolik mas’uliyatini yanada mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Navoiy shahrida ham ushbu oylik doirasidagi tadbirlar keng ko‘lamda boshlab yuborildi. “Vatanparvarlik oyligi” yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bu borada Navoiy shahridagi barcha mahallalarda, xususan mahalla yoshlari oldida muhim vazifalar turibdi. Chunki bugungi yoshlar — ertangi kun himoyachilaridir.

Yoshlar oldidagi ustuvor vazifalar

Bugungi kunda yoshlar quyidagi mas’uliyatlarni chuqur anglab yetishlari lozim:

Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash, milliy armiyamiz tarixi, bugungi salohiyati hamda harbiy islohotlar mazmunini chuqur o‘rganish;

Harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishidagi tadbirlarda faol ishtirok etish, uchrashuvlar, davra suhbatlari, sport musobaqalari hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda tashabbus ko‘rsatish;

Jismoniy va ma’naviy tayyorgarlikka alohida e’tibor qaratish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish;

Harbiy xizmatga mas’uliyat bilan yondashish, uni muqaddas burch ekanini anglab yetish;

Turli yot g‘oyalar va axborot xurujlariga qarshi mustahkam mafkuraviy immunitetni shakllantirish.

“Vatanparvarlik oyligi” doirasidagi muhim yo‘nalishlar

Mazkur oylik doirasida quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi:

Yoshlar bilan individual va tizimli ishlash, ularning qiziqishlari hamda muammolarini inobatga olish;

Mahallalarda harbiy xizmatchilar, faxriylar va huquq-tartibot organlari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etish; Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish orqali huquqbuzarlik va salbiy holatlarning oldini olish; Ijtimoiy tarmoqlarda vatanparvarlik ruhidagi targ‘ibot ishlarini kuchaytirish.

Mazkur jarayonda Navoiy shahar Kengashi deputatlarining o‘rni va mas’uliyati beqiyosdir. Xususan, “Vatanparvarlik oyligi” davomida deputatlarning mahallalarda muntazam bo‘lishi, aholi bilan bevosita muloqot qilishi o‘zining ijobiy samarasini beradi.

Deputatlar zimmasiga quyidagi vazifalar yuklanadi:

Saylovchilarning, jumladan yoshlarning muammolarini muntazam o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish;

Mahallalarda vatanparvarlik, ma’naviyat va yoshlar siyosati yo‘nalishida olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish va qo‘llab-quvvatlash;

Ta’lim, sport va yoshlar tashabbuslarini rivojlantirishga qaratilgan qaror va dasturlar ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish;

Davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarni ilgari surish;

Yoshlarni Vatanga sadoqat va qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalashda shaxsiy namuna ko‘rsatish. “Vatanparvarlik oyligi” — bu shunchaki tadbirlar majmui emas, balki yoshlar qalbida Vatan taqdiriga daxldorlik hissini kuchaytiruvchi muhim va uzluksiz jarayondir. Men deputat etib saylangan “Istiqlol” mahallasi yoshlari, mahalla faollari hamda deputatlar bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilsak, yurtimiz tinchligi va taraqqiyoti yo‘lida munosib hissa qo‘shgan bo‘lamiz. Zero, milliy armiya — ona Vatanimizning ishonchli qalqoni. Uni e’zozlash va mustahkamlash esa barchamizning sharafli burchimizdir. Yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish va uni yuksak darajaga ko‘tarish mamlakatimiz kelajagini belgilab beruvchi eng muhim omillardan biri ekanini unutmasligimiz zarur.

🇺🇿Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Azimov Amir Abralovich

Slide 1 of 1