Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqaro murojaatlari deputat e’tiborida
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar va korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni taminlash va huquqiy masalalar bo'yicha doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tuman Kengashi deputati tomonidan Toshhovuz mahallasida profilaktik tadbir o‘tkazildi
янв.21
Kitob o‘qish — ma’naviy taraqqiyot garovi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati L.Djamolova ishtirokida Payariq tumani “G‘oyib ota” MFYda jinoyatchilikning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Navbatdagi o‘n to'qqizinchi sessiya chaqirilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Ochilova tomonidan yangi tashkil etilgan “Billur ko‘z” mikroxirurgiya markazi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Turdiyev Boshcho‘rosh mahallasida aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanishi bo‘yicha mavjud holatni o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Turdiyev ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani tashkil etildi.
янв.21
Fuqaro murojaati ijobiy hal etildi.
3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni.

3-dekabr – Xalqaro Nogironlar kuni munosabati bilan deputat Baxramova Gavxar o‘zi saylangan hududdagi nogironligi bo‘lgan fuqarolardan xabar oldi. 

Tadbir doirasida u fuqarolarning yashash sharoiti, sog‘lig‘i va kundalik ehtiyojlari bilan tanishdi. Tashrif davomida ularga zarur ijtimoiy ko‘mak sifatida oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi, shuningdek, qo‘shimcha yordam ko‘rsatish bo‘yicha taklif va ehtiyojlari tinglandi.

Mazkur tashrifning asosiy maqsadi – nogironligi bo‘lgan fuqarolarga doimiy e’tibor qaratish, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va mehr-oqibatni yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Shu bilan birga, tadbirda nogironligi bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy faolligini rag‘batlantirish, ularni turli jamiyat hayotiga faol jalb etish ham muhim vazifa sifatida belgilandi.

Deputat Baxramova Gavxar Xalqaro Nogironlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlarni doimiy asosda davom ettirish, fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish va ularning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan ishlarni yanada kengaytirish tarafdori ekanligini ta’kidladi.

Slide 1 of 6