Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari S.Norboyeva va Z.Yusupova, tuman Kengashi raisi A.Tavboyev, kotibiyat mudiri J.Axunov hamda doimiy komissiya raisi A.Maxammatov ishtirokida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlariga bir martalik mukofot puli to‘lanishi masalasi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi M. Musurmonov tomonidan Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 17-fevraldagi VII-22-20-7-100-K/26-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolarning murojaati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 9-Botmon saylov okrugidan saylangan deputati Z.Turdiyev tomonidan o‘z saylov okrugida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishiga ko‘maklashish, shuningdek, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan 28-oilaviy poliklinikada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-noyabrdagi 718-son qarori yuzasidan o‘rganish va tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
Ko‘lto‘sin mahallasida yangi poliklinika qurilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan tumandagi 73-maktabda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 388-son “Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarini samarali amalga oshirish hamda ularning tadbirkorlik faoliyati uchun mikrokreditlar ajratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati yuzasidan tadbir ishtirokchilariga tushuntirish berildi.
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining doimiy komissiyalarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 23-yanvar kuni xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining doimiy komissiyalarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i Ulug’ov Qaxramon Xudoynazarovichning tuman hududida jinoyatchilikka qarshi kurash, huquqbuzarliklarning oldini olish, korrupsion holatlarga barham berish, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda 2023-yil to‘rtinchi chorak davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisoboti, tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari S.To‘xtamishovning tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida, tuman budjetining 

2024-yil boshida shakllangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan mablagʻ ajratish toʻgʻrisida, tuman mahalliy budjetining 2023-yil yakunlari bo‘yicha fuqarolarning tashabbusli budjet jarayoniga keng jalb qilinishi yuzasidan amalga oshirilgan tadbirlar natijalari to‘g‘risidagi hisobotlari tinglandi. Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasiga kiritish belgilandi.

Slide 1 of 4