Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tuman kengashi deputati M.Musurmonov
янв.21
Payariq tumani hokimi Sh.Xudayberdiyev va tuman Kengashi deputati Z.Turdiyevlar tegishli soha mas’ullari bilan “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” maqomi berilishi uchun tanlab olingan O‘zbekiston mahallasida belgilangan marshrut asosida o‘rganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tuman kengashi deputati O' Omonov
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi M. Nurmanova
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Tavboyev
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati yuzasidan muhokama yig'ilishi o'tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati F.Dexkonova
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi M. Nurmanova
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati X.Raxmonova
Deputat mahalla muammolarini kommunal soha rahbarlari bilan ko‘rib chiqdi

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati Akbarali Qayumov Samarqand shahrida faoliyat yuritayotgan kommunal xizmat tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda 6-Mehrobod saylov okrugida doirasidagi 25 ta mahalla faoliyati, ularda mavjud muammolar va ularni hal etish masalalari muhokama qilindi. 

Mazkur okrugda 30 010 nafar saylovchi istiqomat qiladi. Shu kungacha mahallalarda o‘tkazilgan uchrashuv va sayyor qabullarda yuzdan ortiq murojaat kelib tushgan.

Deputat A.Qayumov ushbu masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yo‘llaganini, ammo ayrim hollarda natijadorlik pastligicha qolayotganini qayd etdi. 

Shu munosabat bilan kommunal sohadagi ishlarni jonlantirish, muammolarni joyiga chiqib o‘rgangan holda bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikda ishlash lozimligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida mutasaddi tashkilotlar bilan vazifalar belgilab olindi va deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 2