Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Доимий комиссия йиғилиши.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Халқ депутатлари Пахтаобод тумани Кенгашида депутатлар йиғилиши ўтказилди.
янв.21
Ёшлар билан очиқ мулоқот — келажакка қадам!
янв.21
Ижтимоий соҳа, ёшлар сиёсати, маданият ва спорт масалалари бўйича комиссияси йиғилиши
янв.21
Маҳаллий бюджет, тадбиркорликни ривожлантириш ва иқтисодий ислоҳотлар масалалари бўйича доимий комиссияси йиғилиши
янв.21
Xalq deputatlari Paxtaobod tuman Kengashining doimiy komissiya yigilishi
янв.21
Депутат ва “Маҳалла еттилиги” хамкорлиги
янв.21
ПАХТАОБОД ТУМАНИДА “ЁШЛАР ОЙЛИГИ” ДОИРАСИДА СПОРТ ФЕСТИВАЛИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
Куз-қиш мавсумига тайёргарлик
Shofirkon tumandagi “Qalmaqon” mahallasida xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Zulfiya Ashurova tomonidan targ'ibot ishlari olib borildi.

Xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ularning oila va jamiyatdagi mavqeyini mustahkamlashga qaratilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi saʼy-harakatlar xalq deputatlari Shofirkon tumani Kengashi deputatlari tomonidan ham tizimli yoʻlga qoʻyilgan. Tumandagi “Qalmaqon” mahallasida xalq deputatlari Shofirkon tumani Kengashi deputati Zulfiya Ashurova tomonidan mazkur mahalla faollari bilan birgalikda xotin-qizlarning muammolarini oʻrganishga qaratilgan sayyor qabul tashkil qilindi. Unda ushbu hududda istiqomat qilayotgan “Ayollar daftari” roʻyxatidagi bir guruh xotin-qizlar bilan suhbat olib borildi. Muammolari oʻrganildi. Ochiq muloqot jarayonida xotin-qizlar tomonidan kelib tushgan oʻnga yaqin murojaat boʻyicha huquqiy va psixologik maslahat berildi.

Xotin-qizlarning huquqiy manfaatlarini har tomonlama himoya qilish, ish bilan taʼminlash, mehnat va oʻqish sharoitlarini yaxshilash maqsadida tumandagi “Qalmaqon” MFY da istiqomat qiluvchi fuqaro Nozima Inoyatovaning xonadonida bo’lishdi. Ma’lum bo’lishicha fuqaro 5 oy oldin 2 nafar voyaga yetmagan farzandi bilan otasining uyiga arazlab kelgan, mahalla faollari oilani bir necha bor yarashtirishga urunishgan va natija bo’lmagan. Shundan so’ng, partiya faollari “Qo’rg’oni Vardonze” MFYda yashovchi turmush o’rtog’i Feruz Akmalov bilan suhbatlashib, tushuntirish ishlarini olib borishdi. Faollarning say-harakatlari zoye ketmadi va yosh oila yarashtirildi. Shuningdek, markur mahallada istiqomat qiluvchi 4-bosqich “Ayollar daftari”ning 3.1 va 4.1 toifalarda ro’yxatda turuvchi xotin-qizlar xonadonlarini taʼmirlash uchun mahalla xodimlari va moliya bo’limi xodimi bilan o’rganish ishlari olib borildi. 

Bundan tashqari nogironligi boʻlgan va oʻzgalar parvarishiga muhtoj xotin-qizlarga davolanishi uchun saxovatpesha homiylar bilan hamkorlikda moddiy yordam toʻlab berilishi belgilandi. Yana uch nafar ayolga kundalik ehtiyojlari uchun kerakli oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Slide 1 of 8