O‘rganish jarayonida aholiga bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati, mavjud zaxiralar, dori-darmonlarning maqsadli yetkazilishi hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati tahlil qilindi.
📋 Shuningdek, dori vositalarining hisobini yuritish, ularni ehtiyojmand fuqarolarga o‘z vaqtida yetkazish va bu boradagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullar bilan muloqot o‘tkazildi.
🤝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan mas'ul xodimlarga tegishli tavsiyalar berildi.