Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati J.Rahmonqulov hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Boyovut tumani bo‘limi mas’ul xodimlari hamkorligida "Navbahor" mahallasida aholi o‘rtasida profilaktik targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida yoz mavsumida kanallar va boshqa ochiq suv havzalarida suv sathining ko‘tarilishi natijasida, ayniqsa, voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida cho‘milish holatlarining ko‘payayotgani alohida ta’kidlandi.

Mas’ullar tomonidan ota-onalar bilan suhbatlar o‘tkazilib, farzandlarni nazoratsiz qoldirmaslik, ularning xavfsizligini ta’minlash, ruxsat etilmagan va xavfli hududlarda cho‘milishga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, suvda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarning oldini olish, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish tartibi hamda hayotni asrashga qaratilgan xavfsizlik qoidalari bo‘yicha tavsiyalar yetkazildi.

Targ‘ibot tadbiri davomida fuqarolarga eslatma va ogohlantiruvchi tavsiyalar berilib, yoz mavsumida suv havzalari yaqinida bolalar ustidan doimiy nazoratni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4