Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
Qonun ijrosi va atrof-muhit muhofazasi — deputatlik nazorati markazida

🌿 Qonun ijrosi va atrof-muhit muhofazasi — deputatlik nazorati markazida

🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashining 16-Mang‘it saylov okrugi deputati Sh.Allaberdiyev, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Abraxmatov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi tuman Kengashi raisi Sh.Xayitmurodovlar tomonidan tomonidan G‘ishtli mahalla fuqarolar yig‘ini hududida O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 754-XII-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. Mazkur Qonun tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda fuqarolarning qulay atrof-muhitga bo‘lgan huquqlarini ta’minlashga qaratilgan.

🔍 O‘rganish davomida mahalla hududida sanitariya holati, maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish ishlarining tashkil etilganligi, yashil hududlarni saqlash va ko‘paytirish, aholi tomonidan ekologik talablarga rioya etilishi kabi masalalar ko‘zdan kechirildi.

🤝 Shuningdek, mas’ul tashkilotlar va mahalla faollari ishtirokida atrof-muhitni muhofaza qilish, hudud obodonchiligini ta’minlash hamda ekologik madaniyatni yuksaltirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

📋 O‘rganish natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda Qonun talablarining to‘liq ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar belgilandi.