Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
Deputat mahalla xodimlari faoliyati bilan tanishdi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq tumanning “S.Xondayliqiy” mahallasiga biriktirilgan ijtimoiy xodim Z.Odilova va yoshlar yetakchisi N.Tojiboyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoniga asosan amalga oshirayotgan ishlari O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Azmetov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonidan o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar hamda og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolarning muammolarini o‘rganish, ularga manzilli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, davlat tomonidan belgilangan imtiyoz va yordamlarni yetkazish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi. Shuningdek, murojaatlarni o‘z vaqtida qabul qilish, ularning yechimini ta’minlash hamda ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan fikr almashildi.

🔺Shu bilan birga, yoshlar yetakchisi tomonidan mahalladagi uyushmagan yoshlarni aniqlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, sport va madaniy tadbirlarga keng qamrab olish hamda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va turli salbiy holatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

🔺O‘rganish yakunida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va ijtimoiy xodim hamda yoshlar yetakchisi faoliyati natijadorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4