Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
“Me’mor” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

“Me’mor” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Diyorbek Toirov tomonidan “Me’mor” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahallada xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, kasb-hunar va tadbirkorlikka keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlari ijrosi hamda amaliy natijalar tahlil qilindi.

Faoliyat davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz va tadbirkorlikni boshlash istagida bo‘lgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va tegishli yechimlar topish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tashrif chog‘ida mas’ullar tomonidan fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga amaliy tavsiya va topshiriqlar berildi.
Yakunda “Me’mor” mahallasida xotin-qizlar faolligini yanada oshirish, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 2