Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 21-"Nevich" saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubova Xusnora Abduxamidovna o‘zi saylangan okrug hududidagi "Novdak" MFYda bo‘lib, mahalla "yettiligi" faoliyatini
o‘rgandi.O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.Ma’lum qilinishicha, hokim yordamchisi Sultonov Jahongir Ilhomovich tomonidan yil boshidan buyon 5 nafar doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan ishsiz fuqaro kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitilgan, 15 nafar fuqaroning doimiy ish bilan ta’minlanishiga ko‘maklashilgan. Shuningdek, 18 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida kredit mablag‘lari ajratilgan. Bundan tashqari, 65 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilib, ularning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi va kichik biznes subyektiga aylanishi uchun amaliy ko‘mak berilmoqda. Yana 2 nafar fuqaro uchun mahallada kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi mikroloyihalar amalga oshirilib, loyihalar ishga tushirilgan. Mazkur natijalar hududda aholi bandligini oshirish, daromad manbalarini kengaytirish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning amaliy samarasi ekanligi qayd etildi.O‘rganish yakunida deputat tomonidan mavjud natijalarni yanada mustahkamlash, aholining daromad manbalarini ko‘paytirish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
  

Slide 1 of 4