Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
Mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Diyorbek Toirov tomonidan “Oltin vodiy” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mahallada ish o‘rinlarini yaratish, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va mavjud loyihalarni samarali amalga oshirish holati yuzasidan atroflicha ma’lumotlar olindi.

Muloqotlar jarayonida fuqarolarning taklif va mulohazalari ham tinglanib, aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Yakunda mahalla hududida aholi bandligini oshirish, tadbirkorlikni yanada rivojlantirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3