Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
Deputatlik nazorati doirasida hududdagi xavfli daraxt holati o‘rganildi

Deputatlik nazorati doirasida hududdagi xavfli daraxt holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Abror Abduganiyev xizmat safarida bo‘lganligi sababli, belgilangan reja-grafikka muvofiq Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Astanova tomonidan deputatlik nazorati doirasida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida G‘alaba ko‘chasi, 101-uy oldida joylashgan daraxtning yirik shoxi sinib, osilib qolganligi aniqlandi. Mazkur holat hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar, piyodalar hamda transport vositalari uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.

Shu munosabat bilan mutasaddi tashkilotlarga xavfli daraxt shoxini zudlik bilan bartaraf etish, hudud xavfsizligini ta'minlash hamda kelgusida shunga o‘xshash holatlarning oldini olish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Deputatlik nazorati doirasida aholi murojaatlari va hududlarda aniqlanayotgan muammolarni o‘z vaqtida o‘rganish hamda ularning yechimini ta'minlash bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 2