Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
“Orzu” mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida ijobiy natijalar

“Orzu” mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida ijobiy natijalar

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Poleshuk Natalya Valeryevna tomonidan Navoiy shahridagi “Orzu” mahallasida jamoat xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Mahallaga biriktirilgan profilaktika inspektori To‘xtayev Usmon Mamadiyorovich tomonidan joriy yilning dastlabki olti oyi davomida olib borilgan samarali profilaktik tadbirlar natijasida mahalla hududida birorta ham o‘g‘rilik jinoyati sodir etilmadi. Taqqoslash uchun aytish joizki, 2025 yilning shu davrida mahallada 6 ta o‘g‘rilik jinoyati qayd etilgan edi.

Shuningdek, fuqarolarga tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlar ham sezilarli darajada kamaydi. Xususan, 2025 yilning dastlabki olti oyida 2 ta tan jarohati yetkazish holati qayd etilgan bo‘lsa, 2026 yilning shu davrida bunday jinoyatlar umuman qayd etilmadi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi, fuqarolar bilan manzilli ishlash, jamoatchilik hamda mahalla faollari bilan hamkorlikni kuchaytirish borasida amalga oshirilgan tizimli chora-tadbirlar natijasida “Orzu” mahallasining kriminogen vaziyati sezilarli darajada yaxshilandi. Natijada, 2025 yilda jinoyatchilik darajasi yuqori bo‘lgani sababli “qizil hudud” toifasiga kiritilgan mahalla 2026 yilda “sariq hudud” toifasiga o‘tkazildi.
Mazkur natijalar mahallada qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning osoyishtaligini mustahkamlash hamda jinoyatchilikning oldini olish borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning amaliy samarasini yaqqol namoyon etadi.

Kelgusida ham mahallada tinchlik-osoyishtalikni saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va aholi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4