Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati tomonidan “Orzu” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati tomonidan “Orzu” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Poleshuk Natalya Valeryevna tomonidan Navoiy shahridagi “Orzu” mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim Hazratova Raisaning xizmat faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari bilan ishlash, ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, ijtimoiy xodimning xizmat hujjatlarini yuritish holati, ijtimoiy xizmat oluvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish, yuklatilgan vazifalar ijrosi hamda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, manzilli ishlash samaradorligini kuchaytirish, hujjatlarni yuritishda amaldagi talablarga qat’iy rioya etish hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Poleshuk Natalya Valeryevna tomonidan ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli davom ettirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligini yanada oshirish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

O‘rganish yakunida ijtimoiy xodim faoliyatini yanada takomillashtirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

Slide 1 of 4