Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
🏡 Deputat mahalla aholisining murojaatlarini o‘rgandi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Sh. Ahmedova Sayapir mahallasida fuqarolar bilan uchrashib, mahallani ko‘chama-ko‘cha o‘rganish doirasida aholi murojaatlari va mavjud muammolarni aniqladi.

Deputat "Do‘stparvar" ko‘chasida yashovchi fuqarolar xonadonlarida bo‘lib, ular bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Suhbat davomida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

O‘rganish jarayonida mahallada obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari jadallik bilan olib borilayotgani qayd etildi. Shu bilan birga, aholi tomonidan ichimlik suvi sifati va ta’minotdagi ayrim uzilishlar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida deputat tomonidan tegishli mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi kiritish va muammoni hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish belgilandi. 🤝

Slide 1 of 3