Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Хотин-қизлар фаоли ва ёшлар етакчиси фаолияти ўрганилди.
янв.21
“Қорақўрғон” маҳалласида чиқиндиларни олиб чиқиб кетиш ҳолати ўрганилди.
янв.21
Коррупциявий омилларни аниқлаш юзасидан ҳамкорлик
янв.21
Аҳолига бепул дори-дармонлар тарқатилди.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
DEPUTAT SOʻROVI

O‘rganishlar davomida 6-I.Jabborov saylov okrugi hududidagi Ustalar mahallasi “Chashma” ko‘chasi aholisi tomonidan yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq muammolar ko‘tarildi.

Jumladan, mazkur ko‘chaning asfalt qoplamasi yaroqsiz holatga kelganligi sababli transport vositalari va piyodalar harakatlanishida qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani, ushbu yo‘ldan har kuni maktabga qatnaydigan bolalar hamda ishga boruvchi aholi keng foydalanishi ta’kidlandi.

Shu munosabat bilan fuqarolar tomonidan “Chashma” ko‘chasining 1,5 kilometr qismiga asfalt qoplamasi yotqizish masalasi yuzasidan murojaat bildirildi.

Mazkur murojaat yuzasidan deputat tomonidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga so‘rov yuborilib, masalani ko‘rib chiqish va natijasi bo‘yicha belgilangan muddatda yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.