Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva tomonidan Islomobod mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi Q.Po‘latov faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan aholini tadbirkorlikka jalb etish, ularning bandligini ta’minlash va imtiyozli kreditlar ajratish borasida amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi X.Abdullayev ishtirok etib, amaliy ko‘mak ko‘rsatdi.

Xususan, Oloy ko‘chasi 6-uyda yashovchi fuqaro F.Raxmonovaga chorvachilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida 33 million so‘m imtiyozli kredit ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatilgani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, Chorchaman ko‘chasi 23-A uyda yashovchi tadbirkor A.Toxirovga o‘z faoliyatini rivojlantirish uchun 10 million so‘m imtiyozli kredit ajratilishiga ko‘maklashilgani qayd etildi.

O‘rganish yakunida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6