Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
янв.21
Кўп қаватли уйларнинг канализация муаммоси ечими юзасидан мулоқот ўтказилди
янв.21
Чиқиндиларни ташиб кетиш ҳолати назорат қилинди
янв.21
Хотин-қизлар бандлиги ва оилалар мустаҳкамлиги депутат назоратида
янв.21
"Шувоқзор-Бойкечик” маҳалласидаги кенг кўламли бунёдкорлик ишлари олиб борилмоқда
янв.21
Тиббиёт ходимларини ижтимоий қўллаб-қувватлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ДЕПУТАТ ҚАБУЛИ
Sessiya kun tartibiga kiritilayotgan masalalar joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Xodjanov Ekspert guruhi a’zolari bilan birgalikda joriy oyda Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlarini olib bordi.

📍 O‘rganishlar davomida:
🔹 “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratishning asoslanganligi;
🔹 sug‘orish tizimlarini yaxshilash hamda zamonaviy suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish;
🔹 yer maydonlarini qayta foydalanishga kiritish va qishloq xo‘jaligida innovatsion yondashuvlarni qo‘llash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;
🔹 Taxiatosh tumani “Oydin yo‘l” MFY hududida yangidan qurilgan 23-sonli umumta’lim maktabining elektr energiyasi bilan ta’minlanishi holati joyida ko‘zdan kechirildi.

📝 O‘rganish natijalari asosida sessiyada ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha qo‘shimcha tahlillar olib borilib, tegishli taklif va xulosalar tayyorlanmoqda.

⚖️ Sessiyaga kiritilayotgan har bir masalani avval joyiga chiqib o‘rganish va uning amaliy holatini tahlil qilish qabul qilinadigan qarorlarning asosli hamda samarali bo‘lishiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4