Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
янв.21
Кўп қаватли уйларнинг канализация муаммоси ечими юзасидан мулоқот ўтказилди
янв.21
Чиқиндиларни ташиб кетиш ҳолати назорат қилинди
янв.21
Хотин-қизлар бандлиги ва оилалар мустаҳкамлиги депутат назоратида
янв.21
"Шувоқзор-Бойкечик” маҳалласидаги кенг кўламли бунёдкорлик ишлари олиб борилмоқда
янв.21
Тиббиёт ходимларини ижтимоий қўллаб-қувватлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ДЕПУТАТ ҚАБУЛИ
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati K.Karimova tomonidan joriy yilning 24-iyun kuni Boyovut tumani hokimi o‘rinbosari K.Abdaliyev nomiga A.Navoiy mahallasidagi ichimlik suvi minorasi bilan bog‘liq mavjud muammolar yuzasidan deputat so‘rovi yuborilgan edi.

Deputat so‘rovida ichimlik suvi minorasi atrofining o‘ralmagani, elektr simlarining ochiq holda ekani hamda suv dozatorlarini joylashtirish uchun maxsus inshoot (domik) qurilmagani qayd etilib, mazkur kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish so‘ralgan.

Bugun mazkur deputat so‘rovi ijrosini ta’minlash maqsadida Boyovut tumani "Suvta’minot" unitar korxonasi rahbari hamda mas’ul xodimlari hududga chiqib, mavjud holatni joyida atroflicha o‘rgandilar.

O‘rganishlar yakunida deputat so‘rovida ko‘tarilgan masalalarni bartaraf etish bo‘yicha joriy haftaning dushanba kunidan boshlab amaliy ishlar boshlanishi ma’lum qilindi.

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati K.Karimova tomonidan mazkur ishlarning bajarilishi va deputat so‘rovi ijrosi nazoratga olingan bo‘lib, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan monitoring ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 4