Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
янв.21
Кўп қаватли уйларнинг канализация муаммоси ечими юзасидан мулоқот ўтказилди
янв.21
Чиқиндиларни ташиб кетиш ҳолати назорат қилинди
янв.21
Хотин-қизлар бандлиги ва оилалар мустаҳкамлиги депутат назоратида
янв.21
"Шувоқзор-Бойкечик” маҳалласидаги кенг кўламли бунёдкорлик ишлари олиб борилмоқда
янв.21
Тиббиёт ходимларини ижтимоий қўллаб-қувватлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ДЕПУТАТ ҚАБУЛИ
Sayyor qabul – fuqarolar murojaatlari e’tibor markazida

Sayyor qabul – fuqarolar murojaatlari e’tibor markazida

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati, Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev 1-“Hayot” saylov okrugi hududidagi “Hayot” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabul davomida aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, kommunal xizmatlar sifati, bandlik, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, infratuzilmani yaxshilash hamda fuqarolarning kundalik hayotiga oid boshqa dolzarb murojaatlar tinglandi.

Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Ayrim masalalar joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.

Ta’kidlanganidek, fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini bevosita eshitish hamda amaliy yechim topish davlat organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Bunday sayyor qabullar aholining murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mavjud muammolarni bartaraf etish va xalq bilan ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3