Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
янв.21
Кўп қаватли уйларнинг канализация муаммоси ечими юзасидан мулоқот ўтказилди
янв.21
Чиқиндиларни ташиб кетиш ҳолати назорат қилинди
янв.21
Хотин-қизлар бандлиги ва оилалар мустаҳкамлиги депутат назоратида
янв.21
"Шувоқзор-Бойкечик” маҳалласидаги кенг кўламли бунёдкорлик ишлари олиб борилмоқда
янв.21
Тиббиёт ходимларини ижтимоий қўллаб-қувватлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ДЕПУТАТ ҚАБУЛИ
Kengash_faoliyati
#_DEPUTAT_NAZORATI

🏛️ Qaror ijrosi amalda: “Quduqsoy” mahallasidagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi

🗣Bandixon tumanida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning yashash sharoitlarini yaxshilash deputatlarning doimiy nazoratida.

⏺Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengash deputati G.Xolmatova hamda tuman Kengashi bosh mutaxassisi E.Eshonqulov “Quduqsoy” mahallasida bo‘lib, uy-joyi ta’mirlanayotgan xonadonlardagi ishlar jarayoni bilan tanishdilar. O‘rganishlar davomida deputat “Quduqsoy” MFYda istiqomat qiluvchi, “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan hamda I-guruh nogironligi bo‘lgan fuqaro Mamatmo‘minova Maftuna Mamatg‘ani qizi xonadonida bo‘ldi.

💬 Mazkur tashrif xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 2026-yil 6-apreldagi VII-20-27-8-211-K/26-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

💬 O‘rganish davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi:

🟢Qurilish va ta’mirlash ishlarining sifat darajasi;
🟢Ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi;
🟢Ishlarning belgilangan muddatlarda yakunlanishi;
🟢Xonadon egalarining fikr va mulohazalari.

🫥Aholining ko‘makka muhtoj qatlamini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolariga joyida yechim topish va davlatimiz tomonidan berilgan imtiyozlarning har bir xonadonga adolatli va manzilli yetib borishini ta’minlashdir.
Slide 1 of 4