Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
Deputatlik so‘rovi amaliy natija berdi


Oldin xabar berganimizdek Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Taganberdiyev Galpak Arazdurdiyevich tomonidan tumanimizda fuqarolarning turmush sharoitlarini yaxshilash, mahallani obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilgan edi.

📍 Jumladan, deputat tomonidan Taxiatosh tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i F.Bekjanov nomiga yuborilgan deputatlik so‘rovida “Naymanko‘l” ovul fuqarolar yig‘inidagi “Urush qatnashchilari” yodgorligi (Памятник) ning yon-atroflarida obodonlashtirish, chiqindilardan tozalash ishlariga zarurat tug‘ilayotganligi hamda ushbu holatni bartaraf etish zarurligi ko‘tarilgan edi.

🔍 Murojaat tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, masala mutaxassislar ishtirokida o‘rganildi.

Bugun esa amaliy natija sifatida ushbu masala ijobiy hal qilinib, Taxiatosh tumani Obodonlashtirish boshqarmasining tegishli buyrug'i asosida “Urush qatnashchilari” yodgorligi (Памятник) ning yon-atroflarida obodonlashtirish, chiqindilardan tozalash ishlari uchun alohida ishchi biriktirildi.

📌 Deputatlik nazorati va fuqarolar murojaatlariga asoslangan amaliy ishlar hududlarda mavjud muammolarni bartaraf etish, aholining turmush sifatini yaxshilash hamda kommunal infratuzilmani yanada takomillashtirishga xizmat qilmoqda.  

Slide 1 of 2