Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun mazmun-mohiyati targʻib qilinmoqda

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi deputati Olim Baqoyev tomonidan hududlarda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni (OʻRQ-637-son) mazmun-mohiyatini keng targʻib etish hamda uning ijrosini oʻrganish maqsadida Kosari mahalla fuqarolar yigʻinida targʻibot va oʻrganish ishlari olib borildi.

📣Tadbir davomida mazkur qonunning asosiy maqsadlari, taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, fuqarolarning sifatli taʼlim olish huquqlari, uzluksiz taʼlim tizimining afzalliklari hamda taʼlim muassasalari faoliyatiga oid muhim jihatlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, fuqarolarning qonun talablarining amaliyotdagi ijrosi, taʼlim muassasalarida yaratilgan sharoitlar hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi. Bildirilgan taklif va mulohazalar umumlashtirilib, tegishli tartibda koʻrib chiqish uchun qayd etildi.

📁Mazkur oʻrganish va targʻibot tadbirlari aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, taʼlim sohasidagi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish hamda qonun ijrosini taʼminlashga xizmat qilmoqda.

✔️ Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi deputatlari tomonidan qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish va ularning ijrosini nazorat qilish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3