Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi oʻrganildi

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Naimova, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Ismatov hamda 19-Koʻliodina saylov okrugidan deputat F.Oʻrinova bilan birgalikda Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashining 2026-yil 18-iyundagi “Vobkent tumanida yoshlar uchun yozgi taʼtilni mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-28-62-2-33-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan oʻrganish olib bordilar.

🏆Oʻrganish jarayonida Vobkent tumanidagi 22-son umumtaʼlim maktabida mahalla va taʼlim muassasasidagi yoshlarning yozgi taʼtil davrini mazmunli, samarali hamda foydali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” amaliy tadbirlar dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

⛹️‍♂️Jumladan, maktabda tashkil etilgan voleybol sport toʻgaragi faoliyati koʻzdan kechirilib, yoshlarning sport bilan muntazam shugʻullanishlari, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari hamda sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan shart-sharoitlar oʻrganildi. Toʻgarak mashgʻulotlarida ishtirok etayotgan yoshlar bilan suhbat oʻtkazilib, ularning qiziqishlari va takliflari tinglandi.

💪Taʼkidlanganidek, “Dolzarb 90 kun” dasturi yoshlarning boʻsh vaqtini samarali tashkil etish, ularni sport, madaniyat, sanʼat va boshqa foydali mashgʻulotlarga keng jalb etish orqali barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3