Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
Xalq deputatlari va hokimlik vakillari aholi muammolarini o‘rganmoqda

O‘smat shaharchasida saylovchilar bilan ochiq muloqot va sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish, aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularga huquqiy-amaliy yechim topish maqsadida O‘smat shaharchasida hudud saylovchilari hamda faollari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazish va kelib tushgan murojaatlarni joyida tahlil qilish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbirda xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Zikiryayev, viloyat Kengashi deputati N.Kamolova hamda tuman hokimi o‘rinbosarlari B.Zulfikarov va Sh.Kuliyevalar ishtirok etdilar.
Samimiy ruhda kechgan uchrashuv davomida O‘smat shaharchasining ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va dolzarb murojaatlarning har biri mas’ullar tomonidan atroflicha o‘rganilib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi hamda ijrosi tuman Kengashi va hokimlik tomonidan qat'iy nazoratga olindi.

Slide 1 of 3