Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
MAHALLA FAOLIYATI VA DEPUTATLIK FAOLIYATI TAHLIL QILINDI

Navbatdagi o‘rganishlar doirasida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov shahardagi 13-“Shodlik” saylov okrugi deputati A.Karimov faoliyati yuzasidan “Shodlik” mahallasida bo‘ldilar.

O‘rganish davomida mahalla raisi bilan uchrashuv o‘tkazilib, mahalla fuqarolar yig‘inida bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi, davlat xizmatlarining sifati hamda mahalla tizimida olib borilayotgan islohotlarning amaliy natijalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Shuningdek, “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining 24 ta eng muhim yo‘nalishi” doirasida deputat A.Karimovning faoliyati ham tahlil qilinib, uning deputat murojaatlari daftari yuritilishi, fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilish holati va ularning yechimi yuzasidan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

Muhokamalar davomida deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish, saylovchilar bilan ochiq muloqotni muntazam yo‘lga qo‘yish, murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli hal etish hamda mahalla bilan deputat hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.