Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
Oliy Majlis Senati a’zosi Malika Qodirxonova hamda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva Yangiyo‘l shahar hokimi R.Raimov bilan birgalikda Yangiyo‘l shahridagi Farovon mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-ma’naviy ishlar va mahalla infratuzilmasi holatini o‘rgandilar.

#deputat_faoliyati

Tashrif davomida mahalladagi xotin-qizlar faoli tomonidan aholi, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar samaradorligi, bandlikni ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, muammolarni aniqlash va ularni hal etish borasidagi faoliyat yuzasidan ma’lumotlar tinglandi.

Shuningdek, hududda amalga oshirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ko‘chalar, ichki yo‘llar, yashil hududlar hamda aholi uchun yaratilgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi. Mahalla faollari va fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiynab kelayotgan masalalar, taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.

O‘rganishlar yakunida bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatilib, mavjud muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish hamda hududni yanada rivojlantirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Slide 1 of 2