Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi kotibiyoti mudiri Otabek Anarov tomonidan Xalq deputatlari Ohangaron tumani Kengashi kotibiyoti faoliyati o‘rganildi.

#Ohangaron_tumani
#Kotibiyat_faoliyati

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi kotibiyoti mudiri Otabek Anarov tomonidan Xalq deputatlari Ohangaron tumani Kengashi kotibiyoti faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Ohangaron tumani Kengashi kotibiyoti mudiri M. Nishanova bilan birgalikda Kengash doimiy komissiyalari hujjatlarining yuritilishi atroflicha tahlil qilindi. Xususan, doimiy komissiya qarorlarini amaldagi Nizomda tavsiya etilgan namunalar asosida rasmiylashtirish, sessiya oldi kun tartibiga kiritilgan masalalarni puxta o‘rganish, deputatlar tomonidan hududlarda “ko‘chama-ko‘cha” o‘rganish ishlarini tashkil etish, shuningdek fuqarolar murojaatlarini ro‘yxatga olish daftarlari yuritilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tuman Kengashi deputatlarining o‘z saylov okruglarida olib borayotgan faoliyati ham tahlil qilindi. Jumladan, sessiyalar oldidan aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazish, hududlardagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish, saylovchilarga amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berish holatlari o‘rganildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha Kengash kotibiyoti xodimlari bilan amaliy muloqot o‘tkazilib, faoliyatni yanada takomillashtirish, hujjatlar yuritish sifatini oshirish hamda deputatlik faoliyatini namunali tashkil etishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook