Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
Deputatlik so‘rovi ijrosi: yuborilgan masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolarning murojaat va takliflarini o‘rganish hamda ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Jumladan, tumandagi “Shaffof” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan mahallaning “A.Temur” ko‘chasida tungi yoritish chiroqlari mavjud emasligi, bu esa fuqarolarning kechki paytdagi harakatlanishida noqulayliklar keltirib chiqarayotgani yuzasidan murojaat qilingan edi.

Mazkur murojaat asosida Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputati O.Ollomurodov tomonidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘roviga javoban tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mutaxassislari tomonidan murojaatda ko‘rsatilgan hudud joyiga chiqib o‘rganilganligi ma’lum qilindi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, “Shaffof” mahallasining “A.Temur” ko‘chasiga tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish ishlari “Islom taraqqiyot banki” loyihasi doirasida amalga oshirilishi bildirildi.

Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning qonuniy yechimini topish, hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholi uchun qulay sharoitlar yaratish borasidagi ishlar deputatlar nazoratida davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1