Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
янв.21
Кўп қаватли уйларнинг канализация муаммоси ечими юзасидан мулоқот ўтказилди
янв.21
Чиқиндиларни ташиб кетиш ҳолати назорат қилинди
янв.21
Хотин-қизлар бандлиги ва оилалар мустаҳкамлиги депутат назоратида
янв.21
"Шувоқзор-Бойкечик” маҳалласидаги кенг кўламли бунёдкорлик ишлари олиб борилмоқда
янв.21
Тиббиёт ходимларини ижтимоий қўллаб-қувватлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ДЕПУТАТ ҚАБУЛИ
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Farida Akbarova tomonidan Qibray tumanidagi “A. Jomiy” mahallasida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi hamda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

#deputatlik_faoliyati
#ijtimoiy_hodim

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Farida Akbarova tomonidan Qibray tumanidagi “A. Jomiy” mahallasida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi hamda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, ehtiyojmand fuqarolarni aniqlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordam tayinlash va to‘lash jarayonlarining amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi va manzillilik tamoyillariga rioya etilishi yuzasidan tegishli hujjatlar o‘rganildi.

Deputat tomonidan fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud muammo va takliflar tinglandi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga tavsiyalar berilib, ularning ijrosini nazoratga olish belgilandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Slide 1 of 3