Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
янв.21
Кўп қаватли уйларнинг канализация муаммоси ечими юзасидан мулоқот ўтказилди
янв.21
Чиқиндиларни ташиб кетиш ҳолати назорат қилинди
янв.21
Хотин-қизлар бандлиги ва оилалар мустаҳкамлиги депутат назоратида
янв.21
"Шувоқзор-Бойкечик” маҳалласидаги кенг кўламли бунёдкорлик ишлари олиб борилмоқда
янв.21
Тиббиёт ходимларини ижтимоий қўллаб-қувватлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ДЕПУТАТ ҚАБУЛИ
Xalq deputatlari Tashkent viloyati Kengashi kotibiyoti mudiri Otabek Anarov tomonidan Xalq deputatlari Quyi Chirchiq tumani Kengashi kotibiyoti faoliyati o‘rganildi.

#Quyichirchiq_tumani
#Kotibiyat_faoliyati

Xalq deputatlari Tashkent viloyati Kengashi kotibiyoti mudiri Otabek Anarov tomonidan Xalq deputatlari Quyi Chirchiq tumani Kengashi kotibiyoti faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Quyi Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati mudiri Z.Isroilov bilan birgalikda Kengash doimiy komissiyalari hujjatlarining yuritilishi, xususan, doimiy komissiya qarorlarini Nizomda tavsiya etilgan namunaga muvofiq rasmiylashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tuman Kengashi deputatlarining o‘zlari saylangan saylov okruglarida olib borayayotgan faoliyati, sessiyalar oldidan aholi bilan uchrashuvlar tashkil etish, hududlardagi muammolarni aniqlash hamda saylovchilarga amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berish holati ham tahlil qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha Kengash kotibiyoti xodimlari bilan amaliy muloqot o‘tkazilib, ish faoliyatini yanada takomillashtirish, hujjatlar yuritish sifatini oshirish hamda deputatlik faoliyatini namunali tashkil etishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.