Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
янв.21
Кўп қаватли уйларнинг канализация муаммоси ечими юзасидан мулоқот ўтказилди
янв.21
Чиқиндиларни ташиб кетиш ҳолати назорат қилинди
янв.21
Хотин-қизлар бандлиги ва оилалар мустаҳкамлиги депутат назоратида
янв.21
"Шувоқзор-Бойкечик” маҳалласидаги кенг кўламли бунёдкорлик ишлари олиб борилмоқда
янв.21
Тиббиёт ходимларини ижтимоий қўллаб-қувватлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ДЕПУТАТ ҚАБУЛИ
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati S.S. Shamshiyev Yangiyo‘l shahridagi ixtisoslashtirilgan Dehqon bozorida bo‘lib, aholi uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat va boshqa iste’mol mahsulotlari narx-navolari, mahsulotlar sifati hamda savdo jarayonlarining tashkil etilishi holatini o‘rgandi.

#deputatlik_faoliyati

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati S.S. Shamshiyev Yangiyo‘l shahridagi ixtisoslashtirilgan Dehqon bozorida bo‘lib, aholi uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat va boshqa iste’mol mahsulotlari narx-navolari, mahsulotlar sifati hamda savdo jarayonlarining tashkil etilishi holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida deputat tadbirkorlar bilan muloqot qilib, iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish, mahsulotlar narxlarini sun’iy ravishda oshirmaslik, mahsulotlarning sifati va yaroqlilik muddatlariga qat’iy rioya etish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, aholiga sifatli va xavfsiz mahsulotlar yetkazib berish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Bozor ma’muriyatiga esa xaridorlar va tadbirkorlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, hududda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash, yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish hamda savdo madaniyatini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Mazkur o‘rganish deputatlik nazorati doirasida amalga oshirilib, aholini sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash va iste’mol bozorida narxlar barqarorligini saqlashga qaratilgan muhim tadbirlardan biri bo‘ldi.

Slide 1 of 1