Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
янв.21
Кўп қаватли уйларнинг канализация муаммоси ечими юзасидан мулоқот ўтказилди
янв.21
Чиқиндиларни ташиб кетиш ҳолати назорат қилинди
янв.21
Хотин-қизлар бандлиги ва оилалар мустаҳкамлиги депутат назоратида
янв.21
"Шувоқзор-Бойкечик” маҳалласидаги кенг кўламли бунёдкорлик ишлари олиб борилмоқда
янв.21
Тиббиёт ходимларини ижтимоий қўллаб-қувватлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ДЕПУТАТ ҚАБУЛИ
Mahalla yoshlari uchun sport maydonchasi barpo etish tashabbusi qo‘llab-quvvatlanmoqda!

Murojaatda mahalla Nuroniylar kengashi raisi Sh.Axtamov boshchiligidagi faollar tomonidan mahalla hududida joylashgan, hozirda foydalanilmayotgan 117-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti balansidagi 2,5 sotix yer maydonida yoshlar uchun futbol va sport maydonchasi qurish taklifi ilgari surildi.

Yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida ushbu tashabbus mahalla aholisi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Tashabbuskor fuqarolarning ma’lum qilishicha, loyiha o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, mazkur masala yuzasidan Samarqand viloyati hokimiga ham yozma murojaat yo‘llangan.

Murojaat deputat tomonidan o‘rganilib, tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi hamda masalaning qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi nazoratga olindi.

Yoshlar manfaatlariga xizmat qiladigan bunday ezgu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va amaliy yechim topish yo‘lida ishlar davom ettiriladi.