Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi 10-“Xalqlar do‘stligi” saylov okrugi deputati Iskakov Doniyor Maxmudovich tomonidan saylov okrugi hududidagi “Xalqlar do‘stligi” mahallasida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish davomida mahalla ichki ko‘chalarining bugungi holati, yo‘l qoplamalarining sifati, ko‘chalarning obodonlashtirilishi, sanitariya holati hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mahalla fuqarolari, nuroniylar va mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududda mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar hamda ularning taklif va mulohazalari tinglandi. Xususan, ichki ko‘chalarni ta’mirlash, infratuzilmani yanada yaxshilash va hududni obodonlashtirishga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ko‘tarilgan muammolarni hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish belgilandi.

Aholi bilan ochiq muloqot qilish, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari deputat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 16