Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
MUNOSABAT: Madaniy faoliyat va madaniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun – milliy madaniyatimiz taraqqiyotining muhim huquqiy asosidir.

MUNOSABAT: Madaniy faoliyat va madaniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun – milliy madaniyatimiz taraqqiyotining muhim huquqiy asosidir.

O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-yanvarda qabul qilingan “Madaniy faoliyat va madaniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-668-sonli Qonuni mamlakatimizda madaniyat sohasini rivojlantirish, madaniy merosni asrab-avaylash hamda aholining madaniy hayotdagi ishtirokini kengaytirishga xizmat qiluvchi muhim huquqiy hujjat hisoblanadi.

Mazkur Qonunning mohiyati yuzasidan Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati Qulliyeva Orzigul o‘z munosabatini bildirib shunday dedi:“Madaniyat – xalqning ma’naviy qiyofasi, milliy o‘zligini namoyon etuvchi bebaho boylikdir. O‘RQ-668-sonli Qonun madaniyat sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solib, madaniy tashkilotlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ijodkorlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda aholini madaniy hayotga keng jalb etishga xizmat qilmoqda.

Ayniqsa, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, madaniy merosimizni asrash va kelajak avlodlarga yetkazishda ushbu Qonunning ahamiyati beqiyosdir. Madaniyatga e’tibor – ma’naviyatga e’tibor, ma’naviyatga e’tibor esa jamiyat taraqqiyotining muhim omilidir.”