Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
Hududda yaratilayotgan qulayliklar joyida o‘rganildi.

Hududda yaratilayotgan qulayliklar joyida o‘rganildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 21-Chinobod saylov okrugi deputati tomonidan hududda amalga oshirilayotgan piyodalar yo‘laklari qurilishi hamda obodonlashtirish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida yangi barpo etilgan piyodalar yo‘laklari, aholi uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolarning erkin va xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida o‘rnatilgan maxsus taktil yo‘laklarning holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, deputat mahalla faollari va nuroniylar bilan suhbatlashib, hududni yanada obodonlashtirish, infratuzilmani rivojlantirish hamda fuqarolar uchun qulay muhit yaratish borasidagi taklif va mulohazalarni tingladi.Bundan tashqari, hududda barpo etilayotgan maktab binosi qurilish ishlari ham o‘rganildi. Qurilish jarayonining borishi, bajarilayotgan ishlar sifati hamda kelgusida ta’lim muassasasida yaratiladigan shart-sharoitlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Deputat tomonidan qurilish ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Hududlarni obodonlashtirish, zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va aholining turmush farovonligini oshirishga qaratilgan bunday ishlar deputat nazoratida bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 1