Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
янв.21
Кўп қаватли уйларнинг канализация муаммоси ечими юзасидан мулоқот ўтказилди
янв.21
Чиқиндиларни ташиб кетиш ҳолати назорат қилинди
янв.21
Хотин-қизлар бандлиги ва оилалар мустаҳкамлиги депутат назоратида
янв.21
"Шувоқзор-Бойкечик” маҳалласидаги кенг кўламли бунёдкорлик ишлари олиб борилмоқда
янв.21
Тиббиёт ходимларини ижтимоий қўллаб-қувватлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ДЕПУТАТ ҚАБУЛИ
Bandlik va mehnat munosabatlari sohasidagi ishlar o‘rganildi.

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi kotibiyat mudiri F.Hojiyev tomonidan shahardagi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan yaqindan tanishildi.

Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-210-son, 2009-yil 16-aprel) talablari asosida olib borildi.

O‘rganish davomida mehnat munosabatlarini qonuniylashtirish, ish o‘rinlari yaratish, fuqarolarni doimiy bandlik bilan ta’minlash, ish beruvchilar tomonidan mehnat qonunchiligi talablariga rioya etilishi hamda xodimlarning ijtimoiy himoyasi borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Jumladan:

aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;
yangi ish o‘rinlari yaratish holati;
ish beruvchilar va xodimlar o‘rtasidagi mehnat munosabatlari;
fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash choralari;
tegishli hujjatlar yuritilishi va ijro holati o‘rganildi.

O‘rganish yakunida mavjud muammolar muhokama qilinib, aholi bandligini oshirish, mehnat munosabatlarini yanada takomillashtirish hamda qonunchilik talablariga rioya etilishini kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganish fuqarolarni munosib mehnat bilan ta’minlash, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2