Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
янв.21
Кўп қаватли уйларнинг канализация муаммоси ечими юзасидан мулоқот ўтказилди
янв.21
Чиқиндиларни ташиб кетиш ҳолати назорат қилинди
янв.21
Хотин-қизлар бандлиги ва оилалар мустаҳкамлиги депутат назоратида
янв.21
"Шувоқзор-Бойкечик” маҳалласидаги кенг кўламли бунёдкорлик ишлари олиб борилмоқда
янв.21
Тиббиёт ходимларини ижтимоий қўллаб-қувватлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ДЕПУТАТ ҚАБУЛИ
CHORVACHILIK LOYIHALARI DEPUTATLIK NAZORATIDA

O‘zLiDePdan saylangan 6-Jaloyir saylov okrugi deputati Y. Xotamov tomonidan saylov okrugi hududidagi “Jaloyir” mahallasida faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisining faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahallada aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Xususan, Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 2026-yil 1-iyun holatiga ko‘ra, mahallada jami 28 ta mikroloyiha tashkil etilib, chorvachilik yo‘nalishida 2 mlrd 792 mln so‘m kredit mablag‘lari ajratilgani ma’lum bo‘ldi. Mahalla asosan chorvachilikka ixtisoslashgan bo‘lib, mazkur mablag‘lar aholi daromadlarini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qilmoqda.
Deputat tomonidan hokim yordamchisining ushbu yo‘nalishdagi faoliyati, ajratilgan kredit mablag‘larining maqsadli sarflanishi hamda loyihalarning amaliy natijalari deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4