Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
янв.21
Кўп қаватли уйларнинг канализация муаммоси ечими юзасидан мулоқот ўтказилди
янв.21
Чиқиндиларни ташиб кетиш ҳолати назорат қилинди
янв.21
Хотин-қизлар бандлиги ва оилалар мустаҳкамлиги депутат назоратида
янв.21
"Шувоқзор-Бойкечик” маҳалласидаги кенг кўламли бунёдкорлик ишлари олиб борилмоқда
янв.21
Тиббиёт ходимларини ижтимоий қўллаб-қувватлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ДЕПУТАТ ҚАБУЛИ
Manzilli o‘rganish: qaror ijrosi nazoratda

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 2026-yil 28-martdagi VII-19-28-11-166-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

Bu galgi monitoring Sunbula MFY, Tinchlik ko‘chasi 1a-uyda yashovchi M.Obasov xonadonida amalga oshirildi. O‘rganishda Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov, kotibiyat bosh mutaxassisi A.Adxamov hamda Mahalliy byudjet komissiyasi a’zolari ishtirok etdilar.

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktor o‘rinbosari I.Karimov tomonidan mazkur manzilda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari yuzasidan tegishli hujjatlar taqdim etildi va bajarilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

O‘rganish davomida xonadonda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlarining sifati, qurilish materiallari bilan ta’minlanganlik darajasi hamda ishlarning belgilangan reja asosida olib borilishi ko‘zdan kechirildi.

Mutasaddilar tomonidan ishlarni sifatli tashkil etish, mavjud kamchiliklarning oldini olish va ta’mirlash jarayonini o‘z vaqtida yakunlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Fuqarolar uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalar ijrosi ustidan deputatlik nazorati davom etmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3