Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
янв.21
Кўп қаватли уйларнинг канализация муаммоси ечими юзасидан мулоқот ўтказилди
янв.21
Чиқиндиларни ташиб кетиш ҳолати назорат қилинди
янв.21
Хотин-қизлар бандлиги ва оилалар мустаҳкамлиги депутат назоратида
янв.21
"Шувоқзор-Бойкечик” маҳалласидаги кенг кўламли бунёдкорлик ишлари олиб борилмоқда
янв.21
Тиббиёт ходимларини ижтимоий қўллаб-қувватлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ДЕПУТАТ ҚАБУЛИ
🏛👥 Yoshlar ishtiroki – demokratik boshqaruvning muhim omili

🌍 BMTning “O‘zbekistonda bolalar va yoshlar uchun qulay mahalliy boshqaruvni inklyuziv transformatsiyalash” Qo‘shma dasturi doirasida tashkil etilgan Boshqaruv qo‘mitasi yig‘ilishida Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi raisi O.Rahimov hamda Kengash kotibiyati xodimi U.Ruzmetov ishtirok etdi.
🗣 Yig‘ilish davomida O. Rahimov “Mahalliy qaror qabul qilish jarayonlarida yoshlarning mazmunli ishtiroki va fuqarolik faolligini ilgari surish” mavzusida taqdimot bilan chiqish qildi.
📊 Taqdimotda yoshlarni mahalliy boshqaruv jarayonlariga keng jalb etish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, fuqarolik mas’uliyatini oshirish hamda hududlarni rivojlantirishdagi o‘rni xususida muhim fikrlar bildirildi.
✅ Ta’kidlanganidek, yoshlarning qaror qabul qilish jarayonlaridagi faol ishtiroki ochiq va samarali boshqaruvni ta’minlash, demokratik qadriyatlarni mustahkamlash hamda jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladi.
🤝 Mazkur tadbir “Yuksalish” umummilliy harakati, UNICEF va BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) hamkorligida tashkil etildi.
🌟 Yoshlar – bugunning faol fuqarosi, ertangi taraqqiyot bunyodkoridir. Ularning tashabbuslari va fikrlarini qo‘llab-quvvatlash esa demokratik jamiyat barpo etishning muhim shartlaridan biridir.
🇺🇿✨ Yoshlar ovozi eshitiladigan jamiyat – taraqqiyot sari dadil qadam! 🚀📚👥🏛
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi
Telegram | Web-sayt | Facebook

Slide 1 of 8