Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
янв.21
Кўп қаватли уйларнинг канализация муаммоси ечими юзасидан мулоқот ўтказилди
янв.21
Чиқиндиларни ташиб кетиш ҳолати назорат қилинди
янв.21
Хотин-қизлар бандлиги ва оилалар мустаҳкамлиги депутат назоратида
янв.21
"Шувоқзор-Бойкечик” маҳалласидаги кенг кўламли бунёдкорлик ишлари олиб борилмоқда
янв.21
Тиббиёт ходимларини ижтимоий қўллаб-қувватлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ДЕПУТАТ ҚАБУЛИ
Deputatlik so‘rovi yuborildi.

 O‘rganishlar davomida Zargartepa MFYdagi 82 va 83-sonli ko‘p qavatli uylar oldida joylashgan bolalar maydonchasi eskirgani va uni zamonaviy ko‘rinishda ta’mirlash zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, yog‘ingarchilik mavsumida mazkur hududdagi ariqlarning berkilishi natijasida suv to‘planib, hovlilarni suv bosishi aholiga noqulaylik tug‘dirayotgani qayd etildi. Fuqarolar tomonidan ariqlarni tozalash va suv oqimini tartibga keltirish bo‘yicha amaliy yordam so‘raldi.
Aholi murojaatlarida 88 va 90-sonli ko‘p qavatli uylar hovlisida bolalar maydonchasi mavjud emasligi, bu esa bolalarning mazmunli dam olishi uchun yetarli sharoit yaratmayotgani bildirildi.

Bundan tashqari, ko‘p qavatli uylar kirish qismlarida videokuzatuv kameralarining yo‘qligi hamda uylar raqamlanishidagi tartibsizliklar sababli fuqarolar va mehmonlar manzillarni topishda qiyinchilikka duch 

kelayotgani ma’lum qilindi.

Shu munosabat bilan mahalla hududidagi ko‘chalarga uylar raqamlari ko‘rsatilgan yo‘naltiruvchi belgilar o‘rnatish, bolalar maydonchalarini barpo etish, videokuzatuv tizimlarini joriy etish hamda drenaj va irrigatsiya tizimlarini tartibga keltirish yuzasidan tegishli takliflar ilgari surildi.

Deputat tomonidan mazkur muammolarni bartaraf etish va fuqarolar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish ishlari davom ettirilmoqda.