Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
янв.21
Кўп қаватли уйларнинг канализация муаммоси ечими юзасидан мулоқот ўтказилди
янв.21
Чиқиндиларни ташиб кетиш ҳолати назорат қилинди
янв.21
Хотин-қизлар бандлиги ва оилалар мустаҳкамлиги депутат назоратида
янв.21
"Шувоқзор-Бойкечик” маҳалласидаги кенг кўламли бунёдкорлик ишлари олиб борилмоқда
янв.21
Тиббиёт ходимларини ижтимоий қўллаб-қувватлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ДЕПУТАТ ҚАБУЛИ
Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, deputat M. Yuldoshev hamda tuman Kengashi kotibiyati xodimlari va deputatlar ishtirokida doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilayotgan 2026-yilning yanvar–may oylarida tumanda tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan “Sho‘rchitumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘ining hisoboti ko‘rib chiqildi va eshitildi.

Hisobot davomida aholini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlash, mavjud muammolarni bartaraf etish, gaz taqsimlash tarmoqlarini soz holatda saqlash, iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Doimiy komissiya a’zolari va deputatlar tomonidan hisobot yuzasidan tegishli savollar berilib, aholining murojaatlari asosida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, gaz ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Muhokama yakunlariga ko‘ra, mazkur masala yuzasidan doimiy komissiyaning tegishli xulosasi tayyorlanib, Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritilishi belgilandi.

Bizni kuzatishda davom eting!
         ▶️ Kanalga ulanish: 👇
👍Telegram👍Facebook 👍Instagram 🌐 kengash.gov.uz

Slide 1 of 1