Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
янв.21
Кўп қаватли уйларнинг канализация муаммоси ечими юзасидан мулоқот ўтказилди
янв.21
Чиқиндиларни ташиб кетиш ҳолати назорат қилинди
янв.21
Хотин-қизлар бандлиги ва оилалар мустаҳкамлиги депутат назоратида
янв.21
"Шувоқзор-Бойкечик” маҳалласидаги кенг кўламли бунёдкорлик ишлари олиб борилмоқда
янв.21
Тиббиёт ходимларини ижтимоий қўллаб-қувватлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ДЕПУТАТ ҚАБУЛИ
Yo‘ldan foydalanish korxonasi faoliyati yuzasidan hisobot muhokama qilindi

Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, deputat M. Yuldoshev, tuman Kengashi kotibiyati xodimlari hamda deputatlar ishtirokida doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilayotgan 2026-yilning o‘tgan davri davomida Sho‘rchi tumani Yo‘ldan foydalanish korxonasi davlat muassasasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan muassasa direktori B. Turdiyevning hisoboti ko‘rib chiqildi va tinglandi.

Hisobot davomida tumandagi avtomobil yo‘llarini saqlash, ta’mirlash, obodonlashtirish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida ma’lumot berildi.

Doimiy komissiya a’zolari va deputatlar tomonidan hisobot yuzasidan savol-javoblar o‘tkazilib, sohaga oid muammolarni bartaraf etish, yo‘l xo‘jaligi tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Muhokama yakunlariga ko‘ra, mazkur masala yuzasidan tayyorlangan xulosa va takliflar bilan tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritilishi belgilandi.

Bizni kuzatishda davom eting!
         ▶️ Kanalga ulanish: 👇
👍Telegram👍Facebook 👍Instagram 🌐 kengash.gov.uz

Slide 1 of 1