Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
янв.21
Кўп қаватли уйларнинг канализация муаммоси ечими юзасидан мулоқот ўтказилди
янв.21
Чиқиндиларни ташиб кетиш ҳолати назорат қилинди
янв.21
Хотин-қизлар бандлиги ва оилалар мустаҳкамлиги депутат назоратида
янв.21
"Шувоқзор-Бойкечик” маҳалласидаги кенг кўламли бунёдкорлик ишлари олиб борилмоқда
янв.21
Тиббиёт ходимларини ижтимоий қўллаб-қувватлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ДЕПУТАТ ҚАБУЛИ
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga "Adolat" SDPdan saylangan "6-Xondamir" saylov okrugi deputati Azizov Kamolidin Tulyaganovich tomonidan Uchtepa tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i N.Ismatovga hamda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari A.Nurmuxamedovga deputatlik so'rovi chiqarildi.

⚠️ Ibrat mahallasi fuqarolari tomonidan murojaat kelib tushgani va ushbu murojaatga ko'ra Ibrat va Bayroq ko'chalari kesishgan hududda oqava hamda yomgʻir suvlari to'planib qolayotgani, natijada hududda muntazam suv toshishi kuzatilayotgani, bu esa fuqarolarning kundalik harakatlanishiga noqulayliklar tugʻdirayotgani va hududning sanitariya holatiga ham salbiy taʼsir ko'rsatayotgani qayd etilgan.

📊 Ushbu o'rganish va tegishli ma'lumotlardan kelib chiqib, mazkur holatni belgilangan tartibda o‘rganib chiqish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish hamda ushbu masala bo‘yicha ko‘rilgan choralar va natijalar haqida qonunchilikda belgilangan muddatlarda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga yozma axborot taqdim etish so'ralmoqda.

🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 3