Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
янв.21
Кўп қаватли уйларнинг канализация муаммоси ечими юзасидан мулоқот ўтказилди
янв.21
Чиқиндиларни ташиб кетиш ҳолати назорат қилинди
янв.21
Хотин-қизлар бандлиги ва оилалар мустаҳкамлиги депутат назоратида
янв.21
"Шувоқзор-Бойкечик” маҳалласидаги кенг кўламли бунёдкорлик ишлари олиб борилмоқда
янв.21
Тиббиёт ходимларини ижтимоий қўллаб-қувватлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ДЕПУТАТ ҚАБУЛИ
Deputat N.D. Imomaliyeva tomonidan “12-Gul” saylov okrugidagi “Mirzaxo‘ja” mahallasi faollari bilan navbatdagi uchrashuv va o‘rganishlar olib borildi.

Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashining 15 – 19-iyun kunlariga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq deputat N.D. Imomaliyeva tomonidan “12-Gul” saylov okrugidagi “Mirzaxo‘ja” mahallasi faollari bilan navbatdagi (24 talik tavsiyaviy savollik bo‘yicha) uchrashuv va o‘rganishlar olib borildi.

O‘rganish davomida deputat N.D. Imomaliyeva hamda O‘zLiDeP tuman Kengashi apparat rahbari D.N. Nishonova eng avvalo, “Mirzaxo‘ja” mahallasining “yettilik a’zo”lari faoliyati bilan yaqindan tanishishdi hamda ularning ish jarayonlarida uchrab kelayotgan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan vakolat doirasida o‘zlarining tavsiyalarini berib o‘tishdi.

So‘ngra deputat N.D. Imomaliyeva shu hududda istiqomat qilib kelayotgan fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarini joyida o‘rganish hamda ularni bartaraf etish maqsadida o‘zining shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

Ushbu qabul jarayonlarida ayrim fuqarolarning muammolari ko‘rib chiqildi hamda tuman darajasidagi yechimi bor muammoli murojaatlar yuzasidan tumandagi mas’ul mansabdor shaxslarga tegishli deputat so‘rovi yuborilishi – deputat tomonidan ta’kidlab o‘tildi.

Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi

Slide 1 of 2